
Isak: "Men "Liverpul"da tarix yaratmoqchiman"
"Liverpul"ning yangi transferi Aleksander Isak o‘z karerasini davom ettirish uchun nima sababdan "qizillar"ni tanlaganini tushuntirdi. Hujumchi transfer oynasining so‘nggi kunida "Nyukasl"dan Mersisayd klubiga o‘tdi. Shvedning o‘tishi Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi.
"Bu klub qurayotgan loyiha va u allaqachon mavjud bo‘lgan narsaga asoslanib yaratayotgan narsalarning uyg‘unligidir, deb o‘ylayman. Klub tarixi. Buning bir qismi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgach, men tarix yaratmoqchiman, sovrinlar qo‘lga kiritmoqchiman. Bu men uchun eng katta motivatsiya va bu men uchun yanada rivojlanish, o‘z o‘yinimni yangi bosqichga ko‘tarish va jamoaga yordam berish uchun eng munosib joy ekanligini bilib turibman."
"Liverpul"ga kelib, futbolchi sifatida ham takomillashish mumkinligini his qilganingiz sizni ruhlantirgan omillardan biri bo‘ldimi?"
"Ha, albatta. Bu mening kareramdagi keyingi qadam ekanligini his qilyapman. Menga bu imkoniyat berilganidan juda xursandman va undan samarali foydalanish uchun g‘ayratga to‘laman", - deya Isakning so‘zlarini keltirdi "Liverpul" matbuot xizmati.
Fikrlar