Ishonchli manba: PSJning yangi murabbiyi aniq!

  • 10 iyun, 2022, 14:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Daniel Riolo RMC radiosining "L’After Foot" dasturida argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino iste’foga chiqarilganidan so‘ng PSJ bosh murabbiyligi lavozimiga Zinedin Zidan kelishini aytdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Riolo o‘tgan yozda birinchi bo‘lib PSJ Lionel Messini sotib olishini xabar qilgan. Shuningdek, yaqinda u Kilian Mbappening "Real"ga o‘tmasligini va frantsuz klubi bilan shartnomani uzaytirish qarori haqida birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan edi.

Yakunda esa bu haqiqat bo‘lib chiqdi. Endi esa insayder Zidan Parij klubi boshqaruviga yaqin kunlarda kelishini ta’kidlamoqda. Manbaning xabar berishicha, Pochettino tez orada ishdan bo‘shatiladi.

Zidan "Real"da 2016-2018 va 2019-2021 yillarda ishlagan. Murabbiy "qirollik klubi" bilan 11 ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lib, ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganini alohida e’tirof etish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!