
Islam Maxachev UFC P4P reytingini tanqid qildi
Engil vazn toifasi chempioni Islam Mazachev UFC P4P reytingida ikkinchi o‘rinda bo‘lganiga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabidagi oqshomda Islam Aleks Volkanovskini nokautga uchratgan holda uni P4P reytingida 3-o‘ringa tushirib yuborgandi. Birinchi o‘rinda esa, og‘ir vazn toifasi chemponi Jon Jons bormoqda.
"Bu reytingni kim va nima uchun tuzishini bilmayman. Men birinchi raqamli jangchini allaqachon mag‘lub etdim va ular meni haligacha oliy o‘ringa qo‘ymadi. Buning sabaini hali ham tushunib etganim yo‘q.
Bilmadim, yana qanday qilib birinchi o‘ringa chiqaman. Yana kimni mag‘lub etishim kerak?", - dedi engil vazn toifasi chempioni.
Fikrlar