Islom Ahmedov va uning jamoasi OFK Kubogi guruh bosqichida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 10 noyabr, 2023, 22:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda hamyurtimiz Islom Ahmedov bosh murabbiyligida Qirg‘iziston chempioni bo‘lgan “Abdish-Ota” OFK Kubogi guruh bosqichidagi ishtirokini ham muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Kuni kecha “E” guruhida 4-tur doirasida “Abdish-Ota” o‘z maydonida Tojikistonning “Ravshan” klubini qabul qilib, Ayzar Akmatovning 49-daqiqada urgan goli evaziga Ahmedov shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondilar.

Qirg‘izistonliklar ushbu g‘alabadan keyin ochkolari 10 taga etkazib olib o‘z guruhida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
11/11/2023 10:25
И. Ахмедовга омад тилаймиз.