Islom Maxachev 2026 yilda nechta jang o‘tkazadi?
Taniqli murabbiy Xaver Mendes yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islom Maxachevning 2026 yildagi rejalari haqida gapirdi.
"Islom yarim o‘rta vazn toifasidagi eng qiyin raqiblardan biri - Kamaru Usmanni xohlamoqda. Bu jang bo‘lib o‘tadimi yoki yo‘qmi, bilmayman, chunki buni faqat UFC hal qiladi. Menimcha, keyingi yil Maxachev ikkita chempionlik himoyasini amalga oshiradi. Biroq Ramazon mart oyida bo‘lgani uchun u may yoki iyungacha jang qila olmaydi", - deya Mendesning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Match TV".
Eslatib o‘tamiz, Maxachev "UFC 322" turnirida Jek Maddalenani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, chempionga aylangandi.
Fikrlar