
Ispaniya kubogi. Final juftligi ma’lum
Ispaniya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi.
"Atletik" "Atletiko"ni dastab 1:0 hisobida javob bahsida esa 3:0 hisobida taslim qildi. Ikkinchi uchrashuvda aka-uka Uilyamslar va Guruzeta o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
"Malorka" - "Real Sosedad" qarama-qarshiligida esa penaltilar seriyasida "Malorka" g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, "Atletik" va "Malorka" Ispaniya kubogi uchun kuch sinashadi. Final uchrashuvi esa 6 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar