
Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Nadal haqida: "20 yillik unutilmas onlar taqdim etganningiz uchun raxmat"
Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Rafael Nadalga bag‘ishlangan xayrlashuv maktubini e’lon qildi.
"Eslatib o‘tamiz, "Katta dubulg‘a" turnirlarining 22 karra chempioni hisoblangan afsonaviy Nadal bu yil faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Ispaniyalik tennischining faoliyatidagi so‘nggi turniri noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan norasmiy Jahon chempionati - "Devis kubogi" finali bo‘ladi.
"Hurmatli Rafa, men minnatdorchilik so‘zlari bilan boshlay olmayman. Siz Ispaniyaning eng buyuk mutaxassisi, eng yaxshi elchisi va jahon sportining afsonasi edingiz va shunday bo‘lib qolasiz.
Yigirma yildan ortiq vaqt davomida siz bizga unutilmas lahzalarni taqdim etdingiz va fidoyilik, matonat, mehnatsevarlik va ishtiyoq namunasini ko‘rsatdingiz.
Barcha turdagi unvonlardan tashqari, siz bizga kamtarlik va hurmatning muhiml hislatligini, sportdan tashqari qadriyatlarni ham yodda saqlash zarurligini ko‘rsatdingiz.
Rafa, mamlakatimiz va tennis olamiga bergan barcha narsangiz uchun rahmat. Sizning bu o‘chmas, ulkan merosingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga va katta orzular sari ilhomlantirib, olg‘a boshlashda davom etadi", - dedi Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.
Fikrlar