Ispaniyada zo‘r futbolchi paydo bo‘ldi
Ispaniya chempionatida ikki mavsumdan beri “Elche” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Rodrigo Mendosa o‘z o‘yini bilan qit’aning eng qudratli klublari e’tiborini tortdi.
20 yoshli futbolchi “Elche”ning asosiy tarkibiga 2023 yilning yozida qabul qilingan va o‘tgan mavsum jamoaning La Ligaga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.
Futbol ekspertlari Rodrigoning aniq pas berishi, pressingda samarali ishlashi, xotirjamlik va shiddatni uyg‘unlashtirgan o‘yinuslubini yuqori baholamoqda.
Fichajes va Defensa Central kabi manbalarning xabariga ko‘ra, “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso klub xo‘jayinlaridan bu o‘yinchi transferini talab qila boshladi.
Angliya Premer-ligasidan Pep Gvardiola “Manchester Siti” skautlaridan yarim himoyachi bo‘yicha batafsil hisobotlarni so‘radi, Mikel Arteta esa uni “Arsenal” uchun ideal nomzod sifatida baholamoqda.
Italiyaning “Yuventus”, “Milan” va “Inter” kabi etakchi klublari Rodrigo Mendosa bilan hamkorlik qilish istagini bildiryapti. “Elche” o‘z tarbiyalanuvchisining shartnomasiga 20 million evro miqdorida badal puli kiritgan. Bu summa barcha da’vogar klublarni qoniqtiradi.
Fikrlar