
Ispaniyaning g‘alabasi Makgregorga 1 million evro keltirdi
Ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Ispaniya terma jamoasining joriy Evropa chempionatidagi g‘alabasidan 1 million evro ishlab olganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, finalda ispanlar Angliya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi va bosh sovringa ega chiqishdi.
“Bankda yana 1 million evro! Ispaniya Evroni yutadi! Tug‘ilgan kunim uchun million!" — deb yozgan Makgregor o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.
Bu Ispaniyaning Evropa chempionatidagi to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi. Ular bungacha 1964, 1984, 2008, 2012 yillarda ham ushbu turnir finalida g‘alaba qozonishgan.
Fikrlar