
Ispaniyaning grand klubi Reshfordni ijaraga olmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni qishki transferlar oynasida ijaraga olishi mumkin.
Xabaringiz bor, Angliyalik vinger Manchester derbisida ishtirok etmadi. Bosh murabbiy bunga asosiy sabab sifatida futbolchining mashg‘ulotlardagi harakatlari va tartib intizomini keltirib o‘tdi.
Bir nechta manbalarning xabariga ko‘ra, murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Shu sababli, klub rahbarlari Reshfordni tezroq sotish haqida o‘ylamoqda.
Hozir Markus uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatida "matraschilar" etakchi. Klub imkon bo‘lishi bilanoq futbolchini ijara asosida olib kelmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli o‘yinchi bu mavsum 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 55 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar