
Ispaniyaning yashrin "quroli"
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Dani Olmo o‘zini aldamchi to‘qqizlik pozitsiyasida erkin hic qiladi va ushbu pozitsiyada jamoasiga ancha foyda keltiradi.
Buni dastlab, "Evro-2020" turniri yarim finalida o‘sha vaqtdagi merabbiy Luis Enrike Italiyaga qarshi o‘yinda ilk marotaba sinab ko‘rgan hamda Olmoni yolg‘onchi to‘qqizlik pozitsiyasida kashf etgan. O‘sha o‘yinda Dani Italiya himoyasidagi Bonuchchi va Kellini kabi futbolchilarni anchagina qiynab qo‘ygandi. Alvaro Morataning goliga assist ham amalga oshirgan.
Ayni damdagi Germaniyada o‘tkazilayotgan "Evro-2024" musobaqasida ham Ispaniya terma jamoasi murabbiyi De Lafuente ham Olmoni xuddi o‘sha pozitsiyada sinab ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga Ispaniya terma jamoasi ikkinchi tur doirasida Italiyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar