Italiya klubi Varanni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 27 iyun, 2024, 10:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina "Manchechter Yunayted" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Rafael Varan A Seriyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

"Komo" frantsiyalik himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. Sesk Fabregasning o‘zi ushbu transferda ishtirok etmoqchi. Varan esa hali kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelmagan.

Ma’lumot uchun, Rafaelga Evropadan tashqarida ham takliflar bisyor. Unga "Inter Mayami" qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar mavjud. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!