Italiya kubogi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Torino" "Milan"ni mag‘lub qildi.

  • 12 yanvar, 2023, 03:41
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan "Milan" - "Torino" bahsi yakunlandi. Mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Tecno

O‘yinda 90 daqiqa hisob ochilmadi va ekstra-taymlarga murojaat qilindi. 114-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Adopo gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Qiziqarlisi, 74-daqiqada Jiji 2-sariq kartochkasini olib, maydonni tark etgandi. Milanliklar bir kishi ko‘p bo‘lib, mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, "Torino" nimchorak finalga chiqdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!