Italiyalik mashhur futbolchi faoliyatini yakunladi

  • 21.09.2018 14:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alberto Jilardino butsalarini mixga ilgani haqida e’lon qildi.

Berilgan xabarlarga qaraganda 36 yoshli futbolchi bundan buyon faoliyatini murabbiylikda davom ettirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Jilardinoning so‘nggi jamoasi "Spetsiya" klubi bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Jilardino Italiya terma jamoasi safida jami 56ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta golga mualliflik qilgan. U 2006 yil terma jamoa safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!