
Jahon chempionati finaliga o‘zgartirish kiritildi
2026 yilgi Jahon chempionatining final bahsi tanaffusida musiqachilar ishtirokidagi shou o‘tkaziladi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma’lum qildi.
Bunday ko‘ngilochar dasturlar an’anaviy tarzda har bir Superboul tanaffusida tashkil etiladi.
"Men tasdiqlashim mumkinki, bu futbol bo‘yicha jahon chempionati finali tanaffusidagi ilk shou bo‘ladi. Bu futbol bo‘yicha jahon chempionati va dunyodagi eng yirik sport tadbiriga munosib shou uchun tarixiy lahza bo‘ladi.
Shuningdek, biz FIFA jahon chempionatining yakuniy hafta oxirida "Times Square" tadbirlarini, jumladan, uchinchi o‘rin uchun o‘yin va finalni qanday tashkil etish mumkinligi haqida muzokaralar olib bordik.
Men, shuningdek, tanaffus paytidagi shou va "Times Square"dagi chiqishlar uchun san’atkorlarning yakuniy ro‘yxati ustida FIFA bilan ishlaydigan Coldplay guruhiga minnatdorchilik bildirmoqchiman," - dedi Infantino.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Final uchrashuvi Nyu-Jersi shtatining Ist-Raterford shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar