
Jahon chempionati oldidan Frantsiya terma jamoasida dahshatli yo‘qotishlar bor
Frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde Millatlar ligasi doirasida Avstriyaga qarshi o‘yinni yakunlay olmadi. Uchrashuvning 23-daqiqasida futbolchi jarohat olib, maydonni erta tark etdi.
"L'Equipe" nashrining xabar berishicha, 23 yoshli frantsiyalik futbolchining mushaklarida muammo paydo bo‘lgan. Jarohat tafsilotlari tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Avvalroq Frantsiya terma jamoasining Karim Benzema, Pol Pogba, Ngolo Kante, Kingsli Koman, Presnel Kimpembe, Ibrohim Konate, Lyuk Ernandes, Ugo Loris, Adrien Rabo, Bubakar Kamara, Teo Ernandes, Lyuk Din kabi futbolchilari ham jarohat olgan edi.
Fikrlar