Jahon chempionati. Xokkeychilarimiz “B” guruhidagi barcha raqiblarini mag‘lub etib, keyingi divizionga yo‘l oldi!

  • 20.04.2026 11:59
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Xokkey

Gonkongda xokkey bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining III divizion “B” guruhidan o‘rin olgan bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag‘lub etib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Hamyurtlarimiz qayd etgan natijalar: 

O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston  26:1
O‘zbekiston — Filippin  28:3 
O‘zbekiston — KXDR 20:3
O‘zbekiston — Lyuksemburg 14:0
O‘zbekiston — Gonkong 9:4

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin jamoamiz kelasi yil III divizionning “A” guruhida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!