Jailton Almeyda aslida futbolchi bo‘lishi kerak edi, biroq...
Braziliyalik UFC jangchisi Jailton Almeyda aslida futbolchi bo‘lishi kerak edi. U darvozabon sifatida yaxshi iste’dod ko‘rsatgan, biroq oilasi 10 ming real (taxminan 1800 AQSh dollari) topolmagani uchun agent orqali klubda qolish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Almeidaning oilasi juda katta bo‘lgan — u 11 farzandli oilada ulg‘aygan. Ota-onasi ajrashgach, u juda erta mustaqil hayot kechirishga majbur bo‘ldi: dastlab qo‘shnisi bilan birga muhtojlarga issiq ovqat etkazib bergan, 20 yoshida mehmonxonada ishlagan, keyin esa tungi qorovul bo‘lib kun kechirgan.
Biroq qashshoqlikdan ham og‘ir sinovlar bor edi. 2012 yilda uning akalaridan biri mashina yukxonasiga solib olib ketilgan va haligacha topilmagan.
Shu og‘ir hayot sharoitida Almeida sportdan voz kechmadi. U UFC ga faqat 30 yoshida kirdi. Jangchining taqdiri oson bo‘lmadi: u doimiy uyqusizlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, mablag‘ etishmovchiligi tufayli mashg‘ulotlarda uzilishlarga duch kelgan. Shunga qaramay, u “tayyor sharoitda ulg‘aygan” raqiblariga qarshi kurashib, eng yuqori darajaga chiqdi!

Fikrlar