Jaloliddin Masharipov birga-bir kurashlarda etakchi
"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo Chempionlar ligasida birga-bir kurashlarda eng ko‘p ustun kelgan futbolchi bo‘lib turibdi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra o‘tgan uchrashuvlar mobaynida Jaloliddin 57 marta raqiblar bilan birga-bir holatda kurashda muvaffaq qozongan. Bu joriy mavsumda Chempionlar Ligasidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning "D" guruhida kurash olib borayotgan "Paxtakor" ortda qolgan 5 ta turdan so‘ng 8 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar