
Jaloliddin Masharipov Ispaniyaga etib bordi
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi yangi mavsumga Ispaniyada tayyorgarlik ko‘radi. Riyodliklar yig‘inida 30 nafar futbolchi qatnashadi. Hamyurtimiz ham ular orasida bor.
Ta’tilni O‘zbekistonda o‘tkazgan Jaloliddin Masharipov ham jamoa yig‘inga qo‘shilish uchun Ispaniyaga uchib ketgandi. Hamyurtimiz ayni payt jamoa ixtiyoriga etib bordi.
Rudi Garsiya jamoasi Ispaniyaning "Las Palmas", "Saragosa", "Malaga" va "Kadis" klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Masharipovga BAAning "Shabab-al Ahli" klubi jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq riyodliklarning yangi ustozi vakilimizni jamoada olib qolishni istadi.
Fikrlar