Jaloliddin Yusupov: "SPORTS.uz Cup" starti oldidan jamoamizda kuchli ishtiyoq bor"

  • 16 noyabr, 2022, 19:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 17-18 noyabr kunlari SPORTS.uz sayti tomonidan sportga ixtisoslashgan OAV vakillari o‘rtasida futzal bo‘yicha “SPORTS.uz Cup” musobaqasi o‘tkaziladi.

Tecno

Bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jarayon so‘ngida jamoa etakchilarining fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalombor, assalomu alaykum! Shunday turnir tashkil qilgani uchun SPORTS.uz saytiga minnatdorchilik bildiramiz. Ancha bo‘lgandi bunday musobaqa o‘tkazmaganimizga. 

O‘tgan  safargi turnirda finalga etib borib, penaltilarda yutqazib qo‘ygandik. Jamoamizda kuchli ishtiyoq bor. Bu safar finalga chiqib, chempion bo‘lish niyatidamiz. 

Guruhda kim pley-offga chiqishi ertaga maydonda hal bo‘ladi. Jamoalarning barchasiga omad. SPORTS.uz ga rahmat!".

 

Jaloliddin Yusupov, MY5 telekanali jurnalisti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!