
Jamal Xill: "U men uchun oson raqib"
Yarim og‘ir vaznda sobiq UFC chempioni Jamal Xill(12-2-1 N/C) rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev(18-1-1-1 N/C)ni osonlikcha mag‘lub etishiga ishonmoqda.
"Ishoning, agar menga qo‘ng‘iroq qilib, Ankalaev bilan jang qilishimni so‘rashsa, bajonidil rozi bo‘laman. U men uchun oson raqib", – dedi Xill o‘zining You Tube kanalidagi videosida.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabrda Ankalaev polshalik sobiq chempion Yan Blaxovich bilan jang qilgan, biroq bahs durang bilan yakunlangan.
Fikrlar