
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Maksim Kuldashev chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik muay taychi va yakkakurash jang san’atlari ustasi Maksim Kuldashev Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Doroga v Kitay 5” Gran-pri turnirida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sportchimiz ilk jangni 5 oktyabr kuni mezbon Rostislav Bogachenkoni 2-raundning 4-daqiqasida mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan edi.
Final jangida u rossiyalik sportchiga qarshi ringga chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq raqib bu jangni rad qilgani sababli Maksim hamyurtimiz Nodir Rajabov bilan kuch sinashdi.
Mazkur jangda u raqibini 1 raundda nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib u “Doroga v Kitay 5” ligasi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar