Janibek Alimxonuli: "Vaznimdagi yigitlar men bilan jang qilishdan qo‘rqadi"

  • 22 noyabr, 2024, 17:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vaznda WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni qozog‘istonlik Janibek Alimxonuli ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO kamarlarining sohibi, meksikalik Saul Alvaresga jang taklif qildi.

Tecno

"Menimcha, faqat "Kanelo"ning men bilan jang qilishga jur’ati etadi. Vaznimdagi yigitlar men bilan jang qilishdan qo‘rqadi. Shu bois, Saul, keling, fevralda ringga ko‘tarilaylik. Dunyoga ajoyib kurash taqdim etamiz", - deb yozdi Alimxonuli X(sobiq Twitter)da.

Eslatib o‘tamiz, Alimxonuli oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Andrey Mixaylovichni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кадыров Фердаус
23/11/2024 00:57
Бу Алимханулини тили буду узун.