
Janubiy Koreyadan hushxabar
Xabaringiz bor, bugun Janubiy Koreyaning Seul shahrida hamyurtlarimiz Abdurasul Ismoilov hamda Shohrux Ashurovlar navbatdagi reyting janglarini o‘tkazishdi. Bobur Najmiddinov, Nabijon Ismonov hamda Zufar Sulaymonov shogirdlari raqiblariga xech qanday imkoniyat qoldirishmadi.
6 raundlik janglarda Abdurasul Ismoilov xitoylik Kung Vangni katta ustunlik bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, Shohrux Ashurov rossiyalik Mixail Lesnikov ustidan yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Abdurasul profi boksdagi oltinchi jangini o‘tkazib, bularning barchasida g‘alaba qozondi va o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Shohrux Ashurov esa, uchinchi jangidagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar