Jastin Getji: "Konor qo‘rqoq"

CHERY AUTO

UFC ning engil vazndagi yulduzlaridan biri  Jastin Getji ikki divizion bo‘yicha sobiq chempion Konor MakGregorning oktagonga qaytishi haqida yana bir bor o‘z fikrlarini bildirdi.

"Konor jang qilmoqchi ekanligini aytishda davom etmoqda. Ammo buni haqiqat emas deb o‘ylayman. Jang qilishni xohlasa, u Frenki Edgar bilan jang qilarmidi...

Frenkiga nisbatan xurmatsizlik qilmoqchi emasman. Lekin u bizdan roppa-rosa 30 funtga engilroq. Shunday vazndagilar bilan jang qilish esa qo‘rqoqning ishi. Konor juda qo‘rqoq. Men buni bilaman, o‘zi ham yaxshi biladi. Agar men u bilan jang qilsam, buni butun dunyoga isbotlayman. Lekin u buni xohlamaydi”,- dedi Getji.

Avvalroq, Frenki Edgar Konor MakGregorni jangga chorlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!