
JCh-2018: Amaldagi jahon chempionlari Rossiyada
Yana 2 kundan so‘ng barcha futbol muxlislari orzuqib kutgan jahon chempionati start oladi. Saytimiz har kuni qaysi terma jamoalar qachon Rossiyaga etib kelishi haqida ma’lumotlar berib o‘tayotgan edi. Bugun ham ushbu an’anamizni davom ettiramiz.
Bir necha soat avval amaldagi hajon chempionlari hisoblanmish, Germaniya terma jamoasi Moskva shahriga etib kelishdi. Shuningdek, ushbu kun doirasida Kolumbiya, Kosta-Rika, Angliya, Koreya Respublikasi, Senegal va Shvetsiya terma jamoalari ham o‘zlariga biriktirilgan shahardan joy olishlari belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar