JCh-2022. AQSh Evropa jamoalariga qarshi yomon natija qayd etmoqda. Seriya 1950 yildan beri davom etyapti

  • 22 noyabr, 2022, 14:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan bellashuvda "B" guruhi a’zolari AQSh hamda Uels 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Bu orqali amerikaliklar mundiallarda Evropa jamoalariga qarshi kechgan 10-o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi. Ular so‘nggi bor 1950 yilgi chempionatda Angliyani 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Bu vaqt oralig‘ida okeanorti vakillari 5 bor durang o‘ynab, 5 marta imkoniyatni boy bergan. Qolaversa, AQSh Jahon chempionati doirasidagi Evropa jamoalariga qarshi so‘nggi 18 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qololmagan.

Gregg Berxalter shogirdlari keyingi bellashuvni Angliyaga qarshi o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!