
JCh-2022. Beyl Uels terma jamoasida mutlaq rekord egasiga aylandi
Uels terma jamoasi futbolchisi Garet Beyl Eronga qarshi bellashuvda maydonga tushdi. Bu orqali u o‘ziga xos rekord qayd etdi.
Garet bugun Uels terma jamoasida o‘zining 110-o‘yinida ishtirok etmoqda. Bu mamlakat termasi uchun mutlaq rekord hisoblanadi.
Bungacha Kris Ganter uchrashuvlar soni bo‘yicha rekordchi edi. U bugun Eronga qarshi bahsda zaxirada qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, "ajdarlar" 1-turda AQSh bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Fikrlar