
JCh-2022 saralash bosqichi uchun qur’a tashlash marosimini qaysi kanalda ko‘rish mumkin?
Qur’ada jami 40ta terma jamoa 5tadan 8ta guruhga ajratiladi. Unda O‘zbekiston MTJ ham 2022-yilgi mundial yo‘lidagi o‘z raqiblarini bilib oladi.
Qur’a tashlash marosimi FUTBOL TV telekanali orqali soat 14:00dan boshlab jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqda "UzReport" axborot agentligi xabar tarqatdi.
Qayd etish kerak, O‘zbekiston milliy jamoasi qur’ada Iroq, Suriya, Ummon, Livan, Qirg‘iziston, Vetnam va Iordaniya bilan 2-savatchadan joy olgan.
Fikrlar