
JCh-2022 saralashi. Avstraliya raqibiga imkon qoldirmadi
Jahon chempionati Osiyo mintaqasi "B" guruxidan o‘rin olgan saralash uchrashuvlari bugundan start oldi. Dastlabki uchrashuv Avstraliya - Vetnam o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Unda "yashil qit’a" vakillari 4:0 hisobida raqibini taslim etdi. O‘yinda gollarga Jeymi Maklaren (30-daqiqa), Tom Rogich (45+2-daqiqa), Kreyg Gudvin (72-daqiqa) va Rayli Makgri mualliflik qildi.
Mazkur bahsdan so‘ng Avstraliya ochkolari sonini 14 taga etkazib oldi va jadvalda hozircha 3-o‘rindan joy egallagan.
Vetnam esa birorta ham ochko to‘play olmagan holda so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar