"JCh-2026". Xoland dub’l qildi, Norvegiya Senegalni mag‘lub etdi

  • 23.06.2026 07:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Norvegiya terma jamoasi Senegal ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Nyu-York shahridagi "MetLayf" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisob 43-daqiqada ochildi. Markus Pedersen norvegiyaliklarni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Erling Xoland o‘z so‘zini aytdi. Hujumchi 48-daqiqada gol urgan bo‘lsa, 58-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubly muallifiga aylandi.

Senegal ham taslim bo‘lmadi. Ismaila Sarr 53-daqiqada hisobdagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning 3-daqiqasida ikkinchi golini urdi.

Biroq bu Senegalarni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Uchrashuv 3:2 hisobida Norvegiya foydasiga yakunlandi.

Shu tariqa, Norvegiya muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib, pley-off masalasini hal qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!