JCh saralashi. Bugun Saudiya Arabistoni navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi

  • 11.06.2021 05:00
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol

2022 yil Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati uchun saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlar davom ettirilmoqda.

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rin olgan "D" guruhida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ulardan birida guruh peshqadami Saudiya Arabistoni o‘rtamiyona Singapurga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Mazkur o‘yin oldidan "sahro lochinlari" 14 ochko to‘plagan holda, 1-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, singapurliklar 7 bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Eslatib o‘tamiz, Saudiya ustidan qozoniladigan g‘alaba Singapurni 3-o‘ringa olib chiqishi mumkin. O‘z navbatida, bu hisob O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham qoniqarli hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
usanov hasan
11/06/2021 10:53
Ishonch bor