
"Jenoa" bugun "Roma" bilan o‘ynaydi. Eldor Shomurodovchi?
Bugun Italiya A Seriyasi 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ular orasida biz uchun ahamiyatlisi "Jenoa" o‘z uyida "Roma"ni qabul qiladigan bahsdir. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Rimliklar ayni paytda turnir jadvalida 11 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Eldor Shomurodov jamoasi esa, 5 ochko jamg‘argan holda 17-pog‘onani band etgan.
Bu bellashuv ikki jamoa uchun muhim hisoblanadi. Chunki "Roma" g‘alaba qozonsa, ancha yuqorilaydi. "Jenoa" esa ahvolini biroz bo‘lsa ham yaxshilashi mumkin. Shu bois uchrashuv ancha qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.
"Jenoa"ning "Roma"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi (Foto)
Mezbonlar ustozi Rolando Maran rimliklarga qarshi bahs uchun qaydnomani e’lon qildi. O‘yinga 24 futbolchi jalb qilindi. Biroq hamyurtimiz ro‘yxatga kiritilmagan. Avvalroq, unda jarohat borligi aytilgandi. Shu bois hujumchimiz o‘tgan turni ham o‘tkazib yuborgandi.
Fikrlar