
Jeyk Pol: "Bu jang men uchun eng qiyini edi"
Taniqli bloger va bokschi Jeyk Pol faoliyatidagi eng qiyin o‘tgan bahsni esga oldi.
"Mashhur jangchi Neyt Diaz bilan jangim kechagidek yodimda. O‘shanda juda og‘ir bahs bo‘lgandi. 10 raundlik zarbalar yomg‘iridan so‘ng g‘alaba qozonganimni hech qachon unutmasam kerak. Mazkur to‘qnashuv menga katta tajriba bergan. Bu uchun Diazga alohida raxmat aytaman", - deya Polning so‘zlarini kelttirdi talkSPORT portali.
Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol (10-1, 7 KO) 15 noyabr kuni AQSh da boks afsonasi Mayk Tayson(50-6, 44 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar