
Jiru: "Argentina jamoaviy kuchli o‘yin evaziga finalga chiqdi"
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Argentinaga qarshi final oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, "Milan" hujumchisi Messi haqida ham biroz to‘xtalib o‘tdi.
"Messining Frantsiya futbolchilariga ta’siri? — Biz jahon chempionatida g‘alaba qozonishni istaymiz va Leoni to‘xtatib qolish uchun hamma narsani ishga solishga tayyormiz. Lekin bu jamoa faqat Messidan iborat emas.
Bu erda jamoaga katta ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ajoyib futbolchilar ham bor. Argentina jamoaviy kuchli o‘yin evaziga finalga chiqdi", - deya Jiruning so‘zlarini keltirdi Evening Standard.
Fikrlar