Jiru masalasi "Milan"ni tashvishga solmoqda

  • 24.12.2022 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Milan” frantsiyalik tajribali hujumchi Olive Jiru bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning yozida yakuniga etadi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "rossonerilar" 36 yoshli futbolchini boshqa klublar o‘ziga jalb qilib, unga qulayroq moliyaviy sharoitlarni taklif qilishlaridan qo‘rqmoqda. Yaqin kunlarda "Milan" vakillari Jiruning agenti bilan uchrashib, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Olive joriy mavsum “Milan” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!