Jo Rogan: "Xabib Nurmagomedov 1 ta jangda yutqazgan edi"

  • 7 sentabr, 19:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

57 yoshli amerikalik UFC sharhlovchisi Jo Rogan Shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedov o‘z faoliyatida bir bor mag‘lubiyatga uchraganini ta’kidladi. Gap 2012 yil 7 iyul kuni "UFC 148" turnirida bo‘lib o‘tgan jang haqida ketmoqda. O‘sha kechada Xabib braziliyalik Gleyson Tibau ustidan hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Tecno

"Gleyson Tibau — Xabibni mag‘lub eta olgan yagona jangchi. To‘g‘ri, hakam o‘shanda Nurmagomedovning qo‘lini baland ko‘targandi. Biroq bu bahs juda ham yaqin kechgan. Menimcha, o‘sha kechada rossiyalik yutqazgandi", — deya Roganning so‘zlarini keltirmoqda "Bloody Elbow".

Ma’lumot uchun, "UFC 148" turnirida Xabib braziliyalik Gleyson Tibau ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!