Joan Laporta: "Flikni tayinlash qarorini Deku va Boyan qabul qildi"

  • 28 aprel, 15:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xans-Diter Flikni bosh murabbiy etib tayinlash jarayoni haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Kim "Barsa"ning navbatdagi murabbiyi bo‘lishini Deku va Boyan (Krkich) hal qilgan. Albatta, prezident sifatida mening ham o‘z fikrim bor edi. Menga Flik avvaldanyoq juda yoqqandi va uni taklif qilishni xohlaganman. Mavjud imkoniyatdan foydalanib, buni Deku bilan muhokama qildim. Boshqa nomzodlar ham bor edi, ammo ular Flikni afzal ko‘rishdi. Men ularning har qanday qarorini qo‘llab-quvvatlardim.

Flik biladi: bu — yangi bosqich va biz uni iloji boricha uzoqroq davom ettirishini xohlaymiz. U klubni yaxshi tushunadi, shaxsiy fazilatlari ham a’lo darajada. Flik har yili alohida ishlab chiqishni afzal ko‘radi va kelasi mavsumda ishini davom ettiradi. Sportiv rahbariyat bu borada allaqachon ish boshlagan" — deya ta’rif berib o‘tdi kataloniyaliklar prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!