Jokovich, Nadal, Federer va Marrey bir jamoa tarkibida harakat qiladi

  • 22.07.2022 21:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Yaqindagina "Uimbldon"da bosh sovrin egasiga aylanib, "katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 21 karra g‘olibiga aylangan Novak Jokovich Leyver kubogida ishtirok etadi.

Serbiyalik raketka ustasi Evropa terma jamoasiga kiritildi. U Rafael Nadal, Rojer Federer hamda Endi Marrey bilar bir jamoa bo‘lib harakat qiladi.

"Bu odatda raqib sifatida kortga chiqadigan yigitlar bilan bir jamoada o‘ynashimiz mumkin bo‘lgan yagona turnir. Asosiy raqobatchilarim - Rafa, Rojer va Endi bilan bir jamoa bo‘lish tennis tarixida mutlaqo noyob lahza bo‘ladi"-dedi Jokovich.

Ma’lumot uchun, avstraliyalik afsonaviy tennischi Rod Leyver sharafiga o‘tkaziladigan turnir 23-25 sentyabr kunlari Londonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!