
Jon Jons nega Stipe Miochichga qo‘l bermadi?
Og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons nima uchun sobiq chempion Stipe Miochichning qo‘lini siqishdan bosh tortganini aytdi.
"Ikkita sabab bor edi. Birinchidan, u menga shunday degandi: "Mening bolalarim menga hech qachon ahmoqlarga nazar tashlagandek qaramaydilar." Bu menga va oilamga, bolalarim bilan bo‘lgan munosabatlarimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum edi. Ikkinchidan, u meni "sen qiz bolasan" deb haqorat qildi. Shu bois unga qo‘l bergim kelmadi", - dedi Jons matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Jons va Miochich 17 noyabr kuni AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC309" turnirida to‘qnash keladi.
Fikrlar