
Jon Jons: "O‘sha jang hayotimni o‘zgartirgan"
Og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Jon Jons hayotini o‘zgartirgan jang haqida gapirdi.
"Bir paytlar Maurisiu Ruaning bahslarini katta qiziqish bilan kuzatib borardim. Uni oktagonda to‘xtatib bo‘lmasdi. Unga qarshi chiqqan barcha yigitlarni er tishlatar edi. Men Maurisionign ashaddiy muxlisi bo‘lganman. U bilan jang qilib, g‘alaba qilgan kunim o‘zimga bo‘lgan ishonchim oshgan va aynan shu to‘qnashuv hayotimni butunlay o‘zgartirgandi", - dedi Jons "BJ Penn" portaliga.
Eslatib o‘tamiz, Jon Jons (27-1-1 N/C) va Stipe Miochich (20-4) o‘rtasidagi jang 16 noyabr kuni "UFC 309" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar