Jo‘rabek reytingi past tennischiga mag‘lub bo‘ldi
Ayni kunlarda Serbiyaning Novi Sad shahrida “Fyuchers” turkimiga kiruvchi erkaklar o‘rtasidagi xaqlaro turnir start oldi.
Mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekistonning 4-raketkasi Jo‘rabek Karimov bugun ilk davrada xorvatiyalik Domagoy Bileskoga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 26 daqiqa davom etgan bellashuvda Jo‘rabek ATP reytingida o‘zidan 218 pog‘ona pastda ketayotgan tennischiga 6:7, 3:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.



Fikrlar