
Jorj Cent-Per: "Belal Muhammad va Jek Della Maddalena jangida favorit yo‘q!"
UFC sobiq chempioni Jorj Cent-Per yarim o‘rta vaznda amaldagi chempion Belal Muhammad va kamarga da’vogar Jek Della Maddalena jangi haqida gapirdi.
"Hali hech kim Belalni sabmishn orqali engani yo‘q. U juda agressiv uslubga ega va doimo raqibga bosim o‘tkazgan holda harakat qiladi. Shuningdek, jang dinamikasini ham yaxshi o‘zgartira oladi. Bu uning asosiy ustunligi. Maddalena esa juda kuchlii zarbaga ega. Natija qanday bo‘liishini bilmayman. Bu erda favorit yo‘q. Shuning uchun bu to‘qnashuv juda qiziqarli o‘tishi aniq" - dedi Cent-Per.
Eslatib o‘tamiz, Belal Muhammad va Jek Della Maddalena jangi 11 may kuni "UFC 315" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar