Jorjino: "Arteta mashg‘ulotlari men uchun maktabdagi uy vazifasidek edi"

  • 18.04.2026 15:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

34 yoshli yarim himoyachi Jorjinho nihoyat Braziliya futboliga qaytdi. Janubiy Braziliyaning Imbituba shahrida tug‘ilgan futbolchi o‘tgan yozda "Flamengo"ga qo‘shilishidan oldin butun professional faoliyatini Evropada o‘tkazgan edi.

2023–2025 yillar davomida "Arsenal" safida o‘ynagan futbolchi nega jamoani tark etganini izohladi.

"Mikel Arteta standart vaziyatlarni mashq qilishga juda ko‘p vaqt ajratishni yaxshi ko‘radi. Lekin men uchun bu maktabdagi zerikarli uy vazifasidek edi. Men futboldan yana zavq olishim mumkin bo‘lgan joyni topishim kerak edi.

Albatta, bunday mashg‘ulotlar o‘z samarasini beradi. Ammo agar sen juda ko‘p e’tiborni standart vaziyatlarga qarataversang, aslida o‘yinning o‘zini o‘ynamayapsan", — deya futbolchidan iqtibos keltiradi "The Times".

London klubidagi faoliyati davomida Jorjinho 79 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning faoliyatida shuningdek "Napoli", "Chelsi" hamda Italiya terma jamoasidagi o‘yinlari ham mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!