
Joshua - Ruis anderkardida Uayt ringga ko‘tariladi
Boks bo‘yicha og‘iz vazn toifasida WBC yo‘nalishining sobiq vaqtinchalik chempioni Dillian Uayt keyingi jangini Mariush Vaxga qarshi o‘tkazadi.
Ushbu jang 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida Entoni Joshua - Endi Ruis anderkardida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Uayt so‘nggi jangini shu yilning iyul oyida Oskar Rivasga qarshi olib borgan va hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘alabani qo‘lga kiritgan. Ushbu jangdan keyin, Uaytning sog‘lig‘i joyida emasligi ta’kidlangandi.
Fikrlar