
Joshua hamda Usik jangi qaerda bo‘ladi?
WBO, WBA, IBF va IBO jahon chempioni Entoni Joshuaning (23-1, 21 KO) promouteri britaniyalik bokschining navbatdagi jangi qaerda bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.
"IBF Kubrat Pulev bilan jang qilish uchun aprelgacha vaqt berdi. WBO esa olti oy davomida Usik bilan jang qilish kerakligini bildirdi. Biz avvalo, WBO dan birinchi bo‘lib Pulev bilan jang o‘tkazishga imkon beradimi, buni so‘rashimiz kerak.
Usik jamoasi bilan suhbatlashishimiz kerak. Ular Chisora bilan jang qilishlari mumkin va keyin bizning uchrashuvimiz g‘olibiga murojaat qilishadi.
Ushbu janglar uchun "Uembli" eng yaxshi variant emas. Ammo "Tottenxem" ajoyib yangi stadionga ega. Ular Ruis bilan revansh jangidan xursand bo‘lishardi, ammo sana borasida mos kelmadi.
Endi ular navbatdagi janglarga qiziqish bildirmoqda”,-dedi Xirn.
Fikrlar