Joze Mourino yana Chempionlar ligasidan chetda qoldi
"Fenerbaxche" Mourino qo‘l ostida pley-off bosqichida "Benfika"ga (0:0, 0:1) mag‘lub bo‘lib, Evropa ligasiga yo‘l oldi.
Portugaliyalik murabbiy bilan jamoa so‘nggi ikki mavsumda sakkizta saralash uchrashuvida maydonga tushdi. 2024-yilda "Fenerbaxche" "Lugano"ni ikki marta (4:3, 2:1) mag‘lub etgan, keyinchalik esa "Lill"ga (1:2, 1:1) imkoniyatni boy bergandi.
Joriy mavsumda esa turkiyaliklar "Feyenoord"dan (1:2) mag‘lub bo‘lib, keyin uni yirik hisobda (5:2) ortda qoldirdi va keyinchalik "Benfika"ga qarshi imkoniyatsiz qoldi.
Mourino so‘nggi marta 2020-yilda Chempionlar ligasida ishtirok etgan — o‘shanda u "Tottenxem"ni boshqarardi va jamoa 1/8 finalda musobaqani tark etgan edi.



Fikrlar