
Kafu: "Rafinya "Oltin to‘p"ga munosib"
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kafu "Barselona" yarim himoyachisi Rafinyani "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar deb hisoblamoqda.
"Rafinya allaqachon "Oltin to‘p"ga munosib edi. Bu mavsumda esa bu yanada yaqqol ko‘rinmoqda. U nafaqat La Ligada, balki Chempionlar ligasida ham ajoyib o‘ynamoqda" – deya ta’rif berib o‘tdi Kafu.
Eslatib o‘tamiz, Rafinya joriy mavsum La Ligada 30 o‘yinda 15 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etgan. Chempionlar Ligasida esa 12 o‘yinda 12 ta gol va 7 ta assistga ega.
Fikrlar