Kalafiori: "Endi biz keyingi bosqichdamiz va oxirigacha boramiz!"

  • 25 iyun, 2024, 03:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi himoyachisi Rikkardo Kalafiori "Evro-2024" uchinchi turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Albatta, men uchun buyuk natijalardan biri. Keyingi bosqichjagi ilk o‘yinni o‘tkazib yuborsamda, jamoam pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan xursandman. Bugun biz eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etdik, ayniqsa, ikkinchi taymda. Biz mas’uliyatni juda yaxshi his qilib turgandik va yakunda maqsadimizga etdik. Keyingi bosqichga haqli ekanligimizni boshqalarga qaraganda ko‘proq isbotlab qo‘ydik.

Jamoadoshlarimdan uzr so‘rayman, chunki keyingi o‘yinda maydonga tushmayman. Ammo chorak finalda qaytaman. Italiya himoyasining muhim bo‘g‘iniga aylanganim, men uchun katta baxt. Murabbiy ham bizga ajoyib ko‘rsatmalar berdi va biz o‘yinni o‘z tomonimizga og‘dira oldik. Bizga qanday qilib bo‘lmasin natijaga erishish kerakligi uqtirildi hamda biz buni uddaladik.

Shaxsan men uchun o‘zimni tiklab olish uchun ajoyib sabab bo‘ldi, Ispaniyaga qarshi o‘yindagi avtogolimni unutish juda muhim edi. Xullas, biz keyingi bosqichdamiz va oxirigacha boramiz", - dedi Kalafiori.

Eslatib o‘tamiz, Italiya "Evro-2024" uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Xorvatiya bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!